Mahsulotlar faqat Termiz shahri hududida amalga oshiriladi va Termizdan tashqariga yetkazib berilmaydi.Yetkazish vaqtlari: 10:00 dan 23:00 gacha. Buyurtmaning minimal summasi – 50 000 so’m.
O’zingizga kerakli mahsulotlarni tanlang va buyurtma bering. Sizga operatorimiz qo’ng’iroq qilib buyurtmani tasdiqlaydi. Agar buyurtma bergan mahsulotingiz muddati tugagan bo’lsa, operator sizga bu haqida xabar berib, shunga o’xshash boshqa mahsulotni tavsiya qilishi mumkin.
Issiq taomlar, tortlar va pirojniylar kuryer tomonidan 40minut ichida, boshqa mahsulotlar – operator qo’ng’irog’idan so’ng 40minut soat ichida yetkazib beriladi. Agar yetkazish qandaydir sabablarga asosan ko’pga cho’ziladigan bo’lsa, operator sizga bu haqda ma’lum qiladi.
Kuryer ko’rsatilgan manzilga kelganidan so’ng, sizga qo’ng’iroq qilib xabar beradi. Kuryer buyurtma bilan birga jami summa ko’rsatilgan chekni ham taqdim etadi. Buyurtmani naqt yoki plastik karta yordamida to’lashingiz mumkin.
Agar buyurtma berib, noto’g’ri manzilni ko’rsatgan bo’lsangiz, bu haqda operatorni ogohlantiring. Buyurtmani bekor qilish uchun ham operatorga qo’ng’iroq qiling.